Jahon

Qozog‘istonlik boks bo‘yicha jahon chempioni zo‘rlashda gumon qilinmoqda

Qozog‘istonlik boks bo‘yicha jahon chempioni zo‘rlashda gumon qilinmoqda

Professional boks bo‘yicha jahon chempioni, qozog‘istonlik Jankosh Turarov zo‘rlashda gumon qilinmoqda. Bu haqda Olmaota politsiya departamentiga tayanib, “Tengrinews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20 avgustga o‘tar kechasi Olmaota shahrining Auezov tuman IIB navbatchilik qismiga 28 yoshli shaxs zo‘rlangani haqida xabar kelib tushgan.

“Olingan ariza yuzasidan Auezov tuman IIB jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Hozirda hodisaning to‘liq holatlarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi politsiya xabarida.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Jankosh Turarov birinchi o‘rta vazn toifasida IBO yo‘nalishi bo‘yicha professional amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. 28 sentyabr kuni u Olmaotada chempionlik unvonini himoya qilishi kerak edi.