Jahon

To‘qayev Dushanbega bordi 

To‘qayev Dushanbega bordi 

Bugun, 22- avgust kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga bordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.

Dushanbe xalqaro aeroportida qozog‘istonlik mavqedoshini Tojikiston rahbari Imomali Rahmon kutib olgan.

Oliy martabali mehmonni ko‘plab yoshlar gullar va ikki davlat bayroqlari, ikki xalq do‘stligini tarannum etuvchi shiorlar bilan qarshilagan. Aeroportdagi qisqa uchrashuvda avvalgi davlat tashrifi yakunlari, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va hamjihatlikni mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirilgan.

Tashrif doirasida tor doirada va ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari tarkibida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.