Baesian nomli yelkanli super yaxta cho‘kib ketishi oqibatida Britaniyalik milliarder Maykl Linch va uning qizi Xanna, dunyoning yirik banklaridan biri Morgan Stanley International kengashi raisi Jonatan Blumer va uning rafiqasi Judi, Clifford Chance firmasining advokati Kris Morvillo va uning rafiqasi Nedi qurbon bo‘ldi.
Milliarder Maykl Linch ushbu sayohatda sudda erishgan g‘alabasini nishonlayotgan bo‘lgan. Bir necha kun oldin u AQSH sudida unga nisbatan ochilgan firibgarlik ishi yuzasidan «misli ko‘rilmagan» g‘alabaga erishgan va bir yillik uy qamog‘idan so‘ng ozodlikka chiqarilgan edi.
Yaxtada jami 22 kishi bo‘lgan, ulardan 10 nafari ekipaj aʼzosi va 12 nafar yo‘lovchilar bo‘lgan. Qo‘qqisdan sodir bo‘lgan to‘fon oqibatida yaxta 30 daqiqa ichida cho‘kib ketgan. Voqea tong saharda bo‘lgani sababli ko‘pchilik o‘z kayutasidan chiqa olmagan, deyishmoqda qutqaruvchilar.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!