Ma’lum qilinishicha, Sattorova Roziya (laqabi Fotima) 1982-yilda Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. U turmush o‘rtog‘i ta’sirida “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkiloti g‘oyalarini qo‘llay boshlagan va oila a’zolariga hijrat, jihod qilish kerakligini aytib, da’vatlar qilib kelgan.
Qidiruvdagi shaxsning o‘zi ham turmush o‘rtog‘i va bir nafar farzandi bilan Turkiya orqali Suriyaga borgan hamda “Tavhid va jihod” xalqaro terroristik tashkiloti safiga qo‘shilgan. U jamoat tarkibidagi beva ayollarga mas’ul etib tayinlangan. Hozirda tashkilot jangarilariga beva ayollarni turmushga berish hamda jamoat rahbarlarining topshiriqlarini ayollarga yetkazish bilan shug‘ullanib kelmoqda.