Jahon, Sport

Mayk Tayson oʻzbekistonlik bokschini maqtadi

Mayk Tayson oʻzbekistonlik bokschini maqtadi

Boks afsonasi Mayk Tayson haqida gapirdi, deb xabar berdi Olamsport.

Xabarga koʻra, Tayson Terens Kroufordning Isroil Madrimov bilan jangi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan.

“Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov – kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi”, deya fikrlarni bayon qilgan boks afsonasi.

U, shuningdek, Madrimov ringda yaxshi harakat qilgani, Terens esa bunday harakatlarga oʻrganmagani, oʻzbekistonlik bokschi unga haddan tashqari noqulay raqib ekanini qoʻshimcha qilgan.

Maʼlumot uchun, AQSHning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan professional boks jangida Isroil Madrimov Terens Kroufordga magʻlub boʻlgan edi.