Yangiliklar

Oʻzenergoinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi

Oʻzenergoinspeksiya Hukumat boʻysunuviga oʻtkaziladi

Prezident Farmoni bilan Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini (Oʻzenergoinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi.

Hujjatga koʻra, inspeksiya yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

Shuningdek, unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanadi:

▪️ energiya samaradorligi boʻyicha xalqaro standartlarni joriy etish va mazkur sohada xalqaro hamkorlikni kengaytirish;

▪️ yillik energiya isteʼmoli 500 tonna shartli yoqilgʻidan yuqori boʻlgan barcha sanoat korxonalarida energiya isteʼmolini boshqarish tizimini (Energy Management System) joriy etishni nazorat qilish;

▪️ sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish;

▪️ energiya auditorlarga malaka sertifikatlarini berish va zamonaviy oʻlchov laboratoriyalari boʻyicha minimal talablarni belgilash.

Shu bilan birga, Oʻzenergoinspeksiyaning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.