Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi «Nukus xalqaro aeroporti” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilinganligi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi va qonun buzilish holatini aniqladi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
“O‘rganishlar natijasida, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 000 000 so‘mlik tanlov savdolarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi” deyiladi xabarda.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli Nizom talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeoroporti” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan tegishli ta’sir chorasi qo‘llanilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!