Prezident ishtirokchilarini Samarqand zaminida qarshi olishdan mamnun ekanini bildirib ularga omad va yutuqlar tiladi.
“Pandemiya tufayli yuzaga kelgan besh yillik tanaffusdan so‘ng o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalini sanʼatkorlar ham, muxlislar ham birdek sog‘ingan, desam, haqiqatni aytgan bo‘laman. Shu bois, bugungi sanʼat bayrami barchamizni yangicha ruh va shukuh bilan o‘ziga chorlamoqda”, – dedi Mirziyoyev.
- Shuningdek, davlat rahbari festival tarixi va anʼanalarini o‘zida mujassam etgan ensiklopediya va uning virtual shakli – ko‘p tarmoqli axborot platformasini yaratishni taklif qildi.
- Undan tashqari, prezident festival g‘olib va sovrindorlari ishtirokida dunyoning nufuzli sahnalarida konsert dasturlari tashkil etish taklifini bildirdi.
13- Xalqaro “Sharq taronalari” festivalida 80-ta davlatdan 400 nafar ishtirokchilar qatnashmoqda. Festival 30-avgustga qadar davom etadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!