O‘zbekiston-Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Suhbat avvalida Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi davlat rahbariga Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.
Muntazam ravishda qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Suhbat chog‘ida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.