Jamiyat

Sentyabr oyi pensiyalari qaysi sanada toʻlab berilishi maʼlum boʻldi

Sentyabr oyi pensiyalari qaysi sanada toʻlab berilishi maʼlum boʻldi

Pensiya toʻlovlarini bank plastik kartasida oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya toʻlovlari 1-sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga oʻtkazib beriladi, deya maʼlum qildi Pensiya jamgʻarmasi .

Xabarga koʻra, joriy yil sentyabr oyi uchun beriladigan pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga toʻlanishi taʼminlanadi.

Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga esa toʻlovlar 4-sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.