Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring o‘tkazilmoqda.
Ushbu monitoringlar natijasiga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz”AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlangan.
Qayd etilishicha, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan hozirda “O‘zbekneftgaz”AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!