Pavel Durovga Parijga hamrohlik qilgan Yuliya Vavilova uning hibsga olinishiga hissa qo‘shgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi Daily Mail.
Nashrning ta’kidlashicha, fransuz razvedka xizmatlari 24 yoshli Vavilova (Fransiya OAVlari uni Pavel Durovning yordamchisi deb atagan) Instagram blogida joylashtirgan fotosuratlarning geolokasiyasini tahlil qilgan.
Qizning o‘zi o‘zini geymer va kripto-investor deb ataydi, Durov hibsga olinganidan keyin uning ijtimoiy tarmoqlarida yangi postlari yo‘q. Vavilova ham fransuz polisiyasi tomonidan so‘roq qilingan va 27 avgust kuni departamentdan qo‘yib yuborilgan.
Durovga Parijga safarida hamrohlik qilgan Yuliya Vavilova, ehtimol, Mossad agenti, deb Britaniyaning Daily Mail nashri yozmoqda.
Gazetaning yozishicha, Vavilova uni G‘arb razvedka xizmatlarining changaliga tortgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!