Hindiston parlamenti deputati Vikramjit Singx Sahneyb so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bilan urushga yuborilayotgan Hindiston fuqarolarining aksariyati ish bilan ta’minlash bahonasida Rossiyaga taklif qilinib, keyin esa tarjimonlarsiz Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolashga majbur qilinmoqda. Uning fikricha, odamlar ko‘pincha urush hududiga yetib borganidan keyingina frontga yetganliklarini tushunmoqda.

Telekanal Ukrainada o‘ldirilgan hindistonliklardan biri Ravi Munning ota-onasi bilan bog‘langanda, ular o‘g‘liga Rossiya transport kompaniyalaridan biriga joylashtirishga va’da berilganini aytishgan. Biroq Rossiyaga kelganidan so‘ng Mun oilasi bilan frontda aloqaga chiqqan.

Iyul oyida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Moskvaga tashrifi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvi chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan hindistonliklarni demobilizatsiya qilish va yangi yollanmalarning oldini olish borasida savollarni ko‘targan edi.

“Putin har ikki masalani hal qilishda yordam berishga va’da bergan, biroq bu hali Ukrainada jang qilayotgan hindlarning ahvoliga ta’sir qilmadi”, deya ta’kidlaydi telekanal.