Ukrainaning bir qancha vazirlari Oliy Radaga (parlamentga) o‘z iste’folarini taqdim etdi. Bu haqda Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk ma’lum qildi.
Ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi arizalar quyidagilar tomonidan taqdim etilgan:
-
Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Ruslan Strelets;
-
Strategik sanoat vaziri Aleksandr Kamishin;
-
Adliya vaziri Denis Malyuska;
-
Davlat mulki jamg‘armasi rahbari Vitaliy Koval.
«Barcha arizalar keyingi yalpi majlislardan birida ko‘rib chiqiladi», deydi Stefanchuk.
Aleksandr Kamishin o‘zining Telegram-kanalida mudofaa sanoati sohasida ishlashda davom etishi, ammo boshqa lavozimda ishlashi haqida ma’lum qildi.
Denis Malyuska 2019 yil 29 avgust kuni Adliya vaziri lavozimini egallagan edi. U Prezidentning “Xalq xizmatchisi” partiyasi a’zosi. Ukraina ommaviy axborot vositalari, jumladan “Zerkalo Nedeli” u iyul oyi o‘rtalarida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozganini xabar qilgandi.
Aleksandr Kamishin 2023 yil mart oyida Ukrainaning Strategik sanoat vaziri bo‘ldi. Bungacha u “Ukrzaliznitsa” (Ukraina temir yo‘llari) boshqaruvi raisi bo‘lgan.
Ruslan Strelets 2022 yil aprelidan Ukraina Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslar vaziri, 2021 yil noyabridan esa vaqtinchalik ushbu vazirlik rahbari vazifasini bajarib kelayotgan edi. Bungacha u Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyatida ishlagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!