Yangiliklar

Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi

Andijonda Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi

Andijon viloyatida Damas haydovchisi 32 nafar bolani olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon tumani hududida Damas avtotransport vositasining haydovchisi odam tashish qoidasini buzib, jami 32 nafar bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib ketayotgan holati YPX inspektori tomonidan aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori tomonidan qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.