Jamiyat

Buxoroda noqonuniy ravishda saksovul tergan fuqaro qariyb 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoroda noqonuniy ravishda saksovul tergan fuqaro qariyb 9,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida saksovul butalarini sindirgan fuqaroga jarima qo‘llanildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Jondor tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan cho‘l hududlarida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbir davomida Jondor tumani “Qozikenti” MFYda yashovchi fuqaro Y.N. tuman o‘rmon fondi yerlarida o‘sgan saksovul o‘simliklarini noqonuniy tarzda sindirib, olib ketayotgani aniqlangan.

Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan 9 452 000 so‘m jarima qo‘llanildi.

Boshqamaning qo‘shimcha qilishicha, Jondor tuman Ekologiya bo‘limi tomonidan avgust oyida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida 31 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, 24 140 000 so‘m jarima hamda tabiatga zarar hisoblangan.