Fransiya poytaxti Parijda Paralimpiya o‘yinlari sharafiga “O‘zbekiston” nomli kecha o‘tkazildi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Tadbirda UNESCO vakillari, turli mamlakatlar milliy Paralimpiya qo‘mitalari rahbarlari, sport jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.
“Mehmonlarimizni mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, O‘zbekistonning bu boradagi salmoqli yutuqlari bilan tanishtirishdan mamnun bo‘ldik”, deb yozdi Umarov o‘z sahifasida.
Otabek Umarovdan tashqari uning rafiqasi, O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva va O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ham tadbirda qatnashdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!