Jamiyat

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish toʻxtatildi

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish toʻxtatildi

Oʻzbekistonning ayrim hududlaridagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish toʻxtatildi.

Termiz shahri va Termiz tumanidagi metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Hududgaz Surxondaryo” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati maʼlumot berdi.

Termiz shahri va Termiz tumanidagi AGTKSHlarni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi “Termiz sanoat tarmogʻi”ga GRSdan chiqish qismida kollektorga keluvchi gaz quvurida oʻrnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmada nosozlik yuzaga kelgan.

Shu sababli Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan metan “zapravka”larga gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish yuzasidan barcha choralar koʻrilayotgan boʻlib, nosozlik bartaraf etilgandan soʻng tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.