Jahon, Jamiyat

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi post 14 yildan soʻng qayta ochildi

Oʻzbekiston-Qirgʻiziston chegarasidagi post 14 yildan soʻng qayta ochildi

12 sentyabr kuni Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Qorasuv” chegara bojxona posti tantanali ravishda ochildi, deya xabar bermoqda Oʻzbekiston Bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Qoʻrgʻontepa tumanining Qorasuv shahrida joylashgan “Qorasuv” va Oʻsh viloyatining “Korasuu” oʻtkazish punkti 14 yil avval yopilgan. Ularning faoliyatini qayta tiklash ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi kelishuvga asosan amalga oshirilgan.

 

“Qorasuv” chegara bojxona posti 3 gektardan ziyod maydonga ega boʻlib, undan kuniga 12 ming nafardan ziyod fuqarolar oʻtib-qaytishlari mumkin. Post orqali yoʻlovchilar asosan yopiq inshootlar boʻylab harakatlanishadi.

“Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidan Jalolobod viloyatiga oʻtish uchun shu vaqtga qadar 120 km masofa bosib oʻtilgan boʻlsa, endi ushbu masofa 101 kilometrga qisqarib, Oʻzbekiston hududi boʻylab tranzit tarzida atigi 19 km harakatlanish kifoya”, — deyiladi qoʻmita xabarida.

Shu kuni Namangan viloyatida “Uchqoʻrgʻon” nazorat-oʻtkazish punkti ham ochiladi.