Unga ko‘ra, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida joylashgan ohaktosh “Ko‘ktosh” konida “Reco Brend Sement” MCHJ (02.08.2023 yilda Vazirlar Mahkamasining 133-sonli qaroriga asosan berilgan yer qa’ridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnoma asosida) ish olib boradi. O‘rganishlar asosida ushbu MCHJ tomonidan kon hududida portlatish ishlari olib borilishi to‘g‘risida doimiy ravishda Xo‘jaobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar bo‘limi, tumandagi “Tosh-ota” MFY va “Orday” MFY raislariga ogohlantirish xatlari chiqarilgani, portlatish ishlari o‘tkaziladigan hudud atrofida maxsus transportda sirena vositasida aholini xabardor qilish ishlari amalga oshirilgani, videoda ko‘ringan inshootlar jamiyatga tegishliligi aniqlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!