Jahon

Qozog‘istonda 2030-yilda urush bo‘lishi mumkin

Qozog‘istonda 2030-yilda urush bo‘lishi mumkin

Qozog‘iston Parlamenti Majlisi deputati Ermurat Bapi Milliy iqtisodiyot vazirligining 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan byudjet loyihasida Qozog‘iston mudofaasi uchun ajratilgan pullarni tanqid qilgan. Bu haqda Orda.kz nashri xabar berdi.

U dalil sifatida Ukrainadagi urushni keltirib, mamlakatda harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi mumkinligini aytgan.

“Ukrainadagi voqealar bilan solishtiradigan bo‘lsangiz, juda kam mablag‘ ajratilgan (mudofaa uchun – muharrir eslatmasi). Mudofaa fondlari YAIMga nisbatan qancha?— so‘radi Bapi.

Unga mudofaa vaziri o‘rinbosari Asker Beysenov javob berdi. Unga ko‘ra, 2025-yilgacha mudofaa uchun yalpi ichki mahsulotning 0,68 foizi ajratilgan.

“Mudofaa vazirligi, siz xavfsizlik uchun javobgarsiz. 2030-yilda urush bo‘ladi – bunday xavf mavjud. Hatto mudofaa vazirligida ham shunday prognozlar bor. Jahon ekspertlarining fikrlarini hisobga olmasdan. Bunday vaziyatda YAIMning 0,68% – bu nimani anglatadi? Bu hisob-kitoblar qayerdan kelib chiqadi? Biz bu masalalarni ko‘taramiz”, – degan deputat.