Jahon

Britaniyalik ayol bir chaqaloqni ikki marta dunyoga keltirdi

Britaniyalik ayol bir chaqaloqni ikki marta dunyoga keltirdi

Buyuk Britaniyalik ayol rivojlanayotgan homilasidagi nuqson tufayli bolasini ikki marta “tug‘ishga” rozi bo‘ldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi. 

Nashrga ko‘ra, 23 yoshli ona o‘g‘il farzandga homiladorligining dastlabki bosqichlarida bolaning umurtqa pog‘onasida nuqson borligidan xabar topgan. Ayol nuqsonning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun homilaning oltinchi oyida jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan. Unda shifokorlar bolani chiqarib olib, nuqsonning bir qismini tuzatgan va homilani joyiga qaytargan.

Natijada, chaqaloq ikkinchi marta 38 haftalikda dunyoga kelgan. Shundan so‘ng, yangi tug‘ilgan chaqaloq yana sakkiz kun reanimatsiya bo‘limida parvarishlangan u bilan va yana bir nechta operatsiyalar o‘tkazilgan.

Shifokorlar tashxis tufayli bola katta ehtimol bilan yura olmasligini ma’lum qilgan. Biroq, onaning so‘zlariga ko‘ra, bir yil davomida fizioterapiya ko‘magi bilan farzandining sog‘lig‘i yaxshi tomonga o‘zgargan va bu o‘g‘lining yura olishiga umid beradi.