Jahon, Jamiyat

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni tugatdi

O‘zbekiston 18 davlat bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni tugatdi

O‘zbekiston Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida 18 davlat bilan muzokaralar o‘tkazdi va shulardan 14 davlat bilan muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi protokollar imzolandi. 

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur davlatlar qatorida Braziliya ham, Shri-Lanka ham bor.

Shuni ta’kidlash joizki, ayni vaqtda Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jenevada o‘tkazilayotgan JSTning 2024-yilgi Jamoat forumida ishtirok etmoqda.