Hodisa, Jamiyat

«Anomal sovuq kirib kelmoqda» — iqlimshunos

«Anomal sovuq kirib kelmoqda» — iqlimshunos

Iqlimshunos Erkin Abdulahatov kelayotgan kuz-qish mavsumi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Ta’kidlanishicha, havoning to’satdan sovishi yuzaga kelishi mumkin. Bu, joriy kuz faslining so‘nggi oylari va qish mavsumi to‘liq sovuq o‘tadi degani emas. Ammo, o‘tgan qishdagi kabi sovuqlik to‘lqini 3-4 kun davom etadigan yil ham bo‘lmaydi. Sovuq to‘lqinlar uzoqroq davom etadi. Ehtimoliy, anomal sovuqliklar kuzatilishi mumkin.

Biz dunyoda asosiy sovuqlik to‘lqinini keltirib chiqaradigan eng katta antitsiklon chekkasi kesib o‘tadigan mintaqada joylashganmiz. Uni odatda shakllanish so‘nggi bosqichida «Sibir antitsikloni» ham deyishadi. O‘tmish La-Ninyo davrlarida bu kabi antitsiklonning rivojlanishi uchun juda ham yaxshi sharoitlar kuzatilgan. Va u kuz-qish mavsumlarida ketma-ket mintaqani sovitib turgan. Shu bilan birga uning taʼsiri joriy La-Ninyo rivojlangan davrda hududlarimizni uzoqroq sovitishi mumkin.