Jahon, Siyosat

Meta Isroilning tashviqot vositasiga aylandi

Meta Isroilning tashviqot vositasiga aylandi

Meta kompaniyasiga tegishli Facebook ijtimoiy tarmog’i TRT Arabi tomonidan ishlab chiqarilgan Isroilning G‘azo sektori va Livan janubida jurnalistlarga qarshi jinoyatlarini fosh etgan hujjatli filmni olib tashladi.

«Jurnalistika genotsidi» deb nomlangan hujjatli film qariyb uch oylik suratga olish va ishlab chiqarish ishlaridan so‘ng 30-avgust kuni namoyish etildi.

Rejissor Xaldun Fahmaviyning so‘zlariga ko‘ra, film xavfli sharoitlarda suratga olingan va Livan janubidagi TRT Arabi, Al Jazeera, Reuters va AFP jamoalariga qilingan hujumlarga qaratilgan.