Jamiyat

Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom bilan kutib olindi

Makkaga yetib kelgan ilk umrachilar katta ehtirom bilan kutib olindi

Umra – 2024” yangi mavsumi boshlanib, ilk guruh ziyoratchilari muborak diyorga joʻnab ketgani haqida xabar bergan edik.

Madinai munavvaradagi ziyoratlar yakunlangandan soʻng, ziyoratchilarimiz Zul-Hulayfa masjidida umrani niyat qilib, oppoq ehromda zamonaviy avtobuslarda Makkai mukarramaga yoʻl oldi. Bu haqda Din ishlari bo’yicha qo’mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ziyoratchilar muhtasham “Al-Ayam Elite” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar, gullar va hadyalar ulashilib ikrom qilindi. Ishchi guruhi va hamkor shirkat vakillari tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi.

Zamonaviy mehmonxonada xonalari tayin boʻlgan ziyoratchilarimiz mohir oshpazlar pishirgan lazzatli taomlaridan bahramand boʻlgandan soʻng guruh rahbarlari hamrohligida Masjidul Haramga yoʻl olishdi va Baytullohda tavof, saʼy kabi umra amallarini bajarishga kirishdilar.