Britaniya Ukrainaga AQShning roziligisiz Rossiyadagi nishonlarga zarba berishda Storm Shadow raketalaridan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu haqda The Times xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Buyuk Britaniyaning 5 nafar sobiq mudofaa vaziri va sobiq bosh vazir hukumatning amaldagi rahbari Kir Starmerni mustaqil harakat qilishga chaqirgan. Ularning fikricha, kechikishlar Putinga yanada dalda beradi. Biroq, Britaniya «boshqa davlatlarning qarorisiz bunday ruxsat bera olmaydi».
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!