Jamiyat

Rahbar qanday xarajatlarni xodimlariga majburiy toʻlab berishi kerak?

Rahbar qanday xarajatlarni xodimlariga majburiy toʻlab berishi kerak?

Adliya vazirligi qonunchilikka koʻra, ish beruvchi qanday hollarda xodimga uning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart ekanini maʼlum qildi.

Unga koʻra:

  • xizmat safarlarida boʻlganda;
  • sayyor va koʻchib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;
  • ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga koʻra boshqa joydagi ishga koʻchib oʻtganda;
  • ish beruvchining yoʻllanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan oʻtganda;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz boʻlib qolganda;
  • xodim majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtganligi munosabati bilan;
  • xodim foydalanmagan yillik mehnat taʼtili uchun;
  • ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.