Jamiyat

Navoiyda ayol chaqalog’ini 10mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiyda ayol chaqalog’ini 10mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro bir oylik chaqaloqni 10 million so‘mga sotmoqchi bo‘ldi. Unga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Navoiy viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Navbahor tumanida yashovchi fuqaro o‘zining yangi tug‘ilgan, qirq kunga yetmagan farzandini qo‘shnisiga 10 million so‘mga sotishga qaror qilgan.

Ayol chaqaloqni sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi («Odam savdosi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.