Jahon, Jamiyat

Koronavirusning yangi shtammi tarqalmoqda

Koronavirusning yangi shtammi tarqalmoqda

Olimlar COVID-19ning yangi variantini aniqladi, deb xabar berdi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Taʼkidlanishicha, XEC nomi bilan atalayotgan ushbu mutatsiya kelgusi oylarda dunyo boʻylab dominant shtammga aylanishi prognoz qilinmoqda.

Virusning mazkur versiyasi ilk bor shu yil iyun oyida Germaniyada roʻyxatga olingan boʻlib, shundan soʻng u Buyuk Britaniya, AQSh, Daniya va boshqa mamlakatlarda qayd etilgan.

Londonning Universitet kolleji professori Fransua Balluning aytishicha, gepatit C virusi infeksiyani yuqtirishni osonlashtirishi mumkin. Shunday boʻlsa-da, epidemiologik koʻtarilishni jilovlash hamda ogʻir holatlarning oldini olishda vaksinalar hali ham yaxshi samara beradi.

Skripps tadqiqot instituti doktori Erik Topol esa XEC virusi dominantga aylanishi uchun bir necha oy kerak boʻlishi ehtimolini bashorat qilgan.

Yangi shtamm belgilari COVID-19ning avvalgi versiyalari bilan oʻxshash. Yaʼni, unda ham isitma, charchoq, yoʻtal yoki tomoq va boshqa aʼzolardagi ogʻriqlar kuzatiladi. Xastalikdan soʻng organizmning qayta tiklanish jarayoni bir necha hafta davom etadi.

Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash xavfsizligi agentligi “koronavirusning mutatsiyaga uchrashi normal holat”, deya xulosa qilgan.

Hozirgi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, agentlik 65 yoshdan oshgan fuqarolar va tibbiyot xodimlarini takroriy emlanishga chaqirmoqda.