Jahon

Livanda yangi portlashlar oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi

Livanda yangi portlashlar oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi

Livandagi yangi portlashlar oqibatida kamida 9 kishi halok boʻldi, yana 300 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.

Chorshanba oqshomida respublikaning turli hududlarida portlash ovozlari eshitildi. Al Hadath telekanali ma’lumotlariga koʻra, bu safar radiolar, telefonlar, barmoq izlari qurilmalari, shuningdek, quyosh batareyalari va litiy-ionli batareyalardan quvvat oladigan qurilmalar portlagan.

Eslatib oʻtamiz, 17-sentyabrʻ kuni Livanda “Hizbulloh” harakati a’zolari foydalangan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi. Portlashlar natijasida jami 9 kishi, jumladan bir bola halok boʻldi, 2800 kishi jarohatlandi, ulardan 200 nafarining ahvoli ogʻir.