Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab 114 505 nafar talaba rasman ishlamoqda. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.
Xususiymi yoki davlat?
Qayd etilishicha, davlat tashkilotlarida 62 691 nafar (54,7%), xususiy sub’ektlarda 47 878 nafar (41,8%), har ikkala sektorda esa 3 936 nafar (3,5%) talabalar faoliyat yuritmoqda.
Gender bo‘yicha
Ma’lumotlarga ko‘ra, jins bo‘yicha erkaklar 67 099 nafarni (58,6%) ayollar esa 47 406 nafar (41,4)ni tashkil qiladi.
Hududlar kesimida
Shuningdek, hududlar kesimida ular quyidagilarni tashkil etadi:
Toshkent shahri – 36135 nafar (31,6%);
Samarqand viloyati – 9931 nafar (8,7%);
Farg‘ona viloyati – 9779 nafar (8,5%);
Toshkent viloyati – 8927 nafar (7,8%);
Qashqadaryo viloyati – 8202 nafar (7,1%).
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!