Toshkent viloyati chegara bojxona postlarida mahsulotlarni o‘tkazish tezlashtirilmoqda.
Toshkent viloyatining “S.Najimov” va “Yallama” chegara bojxona postlarida ham Respublikamiz hududiga kirib kelayotgan go‘sht, tirik hayvon va bir turdagi mahsulotlarni olib kirishda chegara bojxona postlarida yakuniy bojxona rejimlariga tezkorlik bilan rasmiylashtiruvini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Bu kabi qulayliklar tadbirkorlarga tez buziladigan mahsulotlarni chegarada ustuvor tartibda navbatsiz o‘tkazish hamda tovarlarni shu yerning o‘zidan erkin muomalaga chiqarish imkonini beradi, bu esa tashuvchi va tadbirkorlarning ortiqcha vaqt, sarf xarajatlarni oldini olish yordam beradi.
Xususan, bir oy davomida “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali 250 tonna go‘sht 1000 ga yaqin tirik hayvonlar hamda 760 metr kub yog‘och mahsulotlarini yakuniy bojxona rejimiga rasmiylashtiruvi amalga oshirildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!