Janubiy Afrikada 21-sentabr kuni kutilmaganda yog‘gan qor tufayli bir nechta avtomobil yo‘llarida transport harakati butunlay to‘xtab qoldi. Bu haqda France 24 telekanali ma’lum qildi.
KvaZulu-Natal provinsiyasi hukumati qiyin ahvolga tushib qolgan ba’zi haydovchilarga ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat yetkazib berilgani haqida bayonot berdi.
“Provinsiyalar orasida qatnayotgan avtobuslar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida taxminan yetti soatcha to‘xtab qoldi”, — dedi u.
Janubiy Afrika meteorologiya xizmati sinoptigi Lutando Masimini sodir bo‘layotgan hodisani “ekstremal holat” deb baholadi va kelgusi soatlarda qor yog‘ishi yanada ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
2023-yilning yozida Janubiy Afrikada 10 yil ichida birinchi marta qor yoqqandi. O‘shanda yog‘ingarchilik jiddiy muammolarni keltirib chiqarmagan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!