Jahon

Zelinskiy AQShdagi Ukraina uchun qurol ishlab chiqariladigan zavodga bordi

Zelinskiy AQShdagi Ukraina uchun qurol ishlab chiqariladigan zavodga bordi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQShga tashrif buyurdi. Prezident Nyu-Yorkka BMT Bosh Assambleyasi tadbirlarida ishtirok etish uchun yetib borgan.

Prezident AQShga tashrifi chog‘ida Pensilvaniya shtatidagi zavodga tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun, u yerda Ukraina armiyasi ehtiyojlari uchun snaryadlar ishlab chiqariladi. Mazkur zavod Ukraina uchun 3 mlndan ortiq snaryad ishlab chiqarib bergan.

Hozirgi vaqtda AQSh ishlab chiqarish liniyalarini qayta ishga tushirishga sarmoya kiritishi natijasida zavodda oyiga 40 mingdan ortiq snaryadlar ishlab chiqarilmoqda. Keyingi oyga kelib esa 100 minggacha o‘q-dorilar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Umuman olganda, AQSh Ukrainaning eng yirik donori bo‘lib, mamlakatga NATO va hamkor davlatlar tomonidan uni himoya qilishda yordam berish uchun to‘plangan 106 milliard dollardan 56 milliard dollardan ortiq mablag‘ni AQSh taqdim etadi.