Jamiyat

Zaharlangan o‘quvchilarning 7 nafariga javob berilgan

Zaharlangan o‘quvchilarning 7 nafariga javob berilgan

Avvalroq, Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi ixtisoslashtirilgan Buxoro maktabida o‘quvchilarning suvdan zaharlangani haqida xabar berilgan edi. Hozirda o‘quvchilarining sog‘lig‘i ijobiy bo‘lib, 7 nafariga uyda davolanishga ruxsat berilgan.

Ma’lum bo’lishicha, filtrlanmagan suv istemol qilish natijasida sog‘lig‘idan shikoyat qilib, 15-sentabrdan 19-sentabrgacha 12 nafar o‘quvchi o‘tkir ichak kasalligiga gumon qilinib, yuqumli kasalliklar bo‘limiga murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi Sanitariya-yepidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan tekshirilib, suvdan, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa vositalardan kimyoviy tahlil uchun namunalar olindi.