Jahon

Isroilning bugungi hujumlari qurbonlari soni 150 kishiga etdi

Isroilning bugungi hujumlari qurbonlari soni 150 kishiga etdi
NNA Livan davlat axborot agentligi tomonidan eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlarga koʻra, Isroilning ertalab boshlangan zarbalari sezilarli talofatlarga sabab boʻlgan.
Mamlakat janubidagi shahar va qishloqlarga uyushtirilgan hujumlar ham 400 dan ortiq qurbonlarga olib keldi.
Avvalroq Isroilning Livanga hujumi oqibatida 50 kishi halok boʻlgani, 300 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilingandi.
«Livanda biz zarba bergan har bir uyda isroilliklarni oʻldirishga tayyorlab qoʻyilgan qurollar, raketa va snaryadlar bor edi. Livan qishloqlaridagi tinch aholiga Hizbulloh tomonidan qurol saqlash kabi harbiy maqsadlarda foydalaniladigan binolarga yaqin joylardan oʻz xavfsizligi uchun darhol chiqib ketishlarini maslahat beramiz”, dedi Isroil armiyasi matbuot kotibi admiral Daniel Hagariy. Uning soʻzlariga koʻra, Isroil «Livanda chuqur ildiz otgan terroristik nishonlarga yanada kuchli zarbalar beradi».