🕋Diniy qoʻmita Umra ziyoratini tashkil etayotgan turoperatorlarni ogohlantirdi
Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, internet va ijtimoiy tarmoqlarda litsenziyaga ega boʻlmagan turoperatorlar Umra ziyoratini tashkil etish xizmatlari reklamasini faollashtirgan.
Shu yil 2-iyulda qabul qilingan qonunga koʻra, litsenziyaga ega turoperatorlar 5-oktyabrgacha Umra tadbirlarini tashkil etishi va oʻtkazishi mumkin.
“2024-yil 5-oktyabrdan soʻng “Umra” xizmatini koʻrsatish boʻyicha barcha turdagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi”, deyiladi qoʻmita xabarida.
❗️Ushbu qonunbuzarlik uchun jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (68 mln soʻm) etib belgilangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!