Jinoyat

Giyohvandlik vositasini olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi

Giyohvandlik vositasini olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali yurtimizga piyoda holda kirib kelgan fuqaro o‘z xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi va fuqaro “Body scanner” qurilmasi orqali tekshirildi.

O‘tkazilgan tekshiruv natijasida fuqaro oyoqlari son qismi tomoniga polietilen paketga o‘rab yashirilgan, sof vazni 899,9 gr “opiy” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Raqamlarga ko‘ra, viloyat bojxonachilari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 2024-yil davomida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida aniqlangan jami 49 ta holatda 46,6 kg. giyohvandlik vositalari fosh etildi.