Jamiyat

Boʻstonliqda ikki uy yonib ketdi

Boʻstonliqda ikki uy yonib ketdi

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Qurbonlar va jarohat olganlar yoʻq. 

Boʻstonliq tumanida uylar yonib ketdi. FVV yongʻin tafsilotlarini eʼlon qildi.

26 sentabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari hodisa joyiga yetib borib, qurshab olingan va oʻchirilgan.

Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.

Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan.

Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.