Rahmon Falastin inqirozi Tojikistonni chuqur tashvishga solishda davom etayotganini ta’kidlagan.

“Tojikiston bu masalani yakuniy va real hal etish faqat Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1967-yilgi chegaralar asosida mustaqil Falastin davlatini yaratish haqidagi qarorlarini amalga oshirish orqali mumkin bo‘ladi, deb hisoblaydi”, deydi Tojikiston rahbari.

U nizolashayotgan tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish va tinchlik muzokaralari yo‘lida qadam tashlashiga, xalqaro hamjamiyat Falastinda mustahkam barqarorlikni tiklash uchun samarali choralar ko‘rishiga umid bildirgan.

Rahmon, shuningdek, Dushanbe qo‘shni Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tarafdori ekanini ma’lum qilgan.

“Bu maqsadda Tojikiston Afg‘onistondagi tinch hayotning turli jabhalarini tiklash va rivojlantirishga hissa qo‘shishga doimo tayyor”, deya ta’kidlagan siyosatchi.

Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish uchun Rahmon yana bir bor xalqaro hamjamiyatni “ko‘p azob chekkan afg‘on xalqiga, jumladan, tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan hududlarga” yordam berishga harakat qilishga chaqirdi.