Eronning sobiq prezidenti Mahsud Ahmadinajod Eron razvedkasining Isroilga qarshi kurash boʻlinmasi rahbari Mossad agenti boʻlib chiqqani, Isroil josuslari Eron hukumati, ayniqsa razvedka va xavfsizlik boʻlinmalarining eng yuqori darajalarigacha sizib kirganini ta’kidladi.
U Isroilning Eron hududida turli operatsiyalarni amalga oshira olishi, eng maxfiy boʻlinmalardan atom bombasini yaratishga oid ma’lumotlarni qoʻlga kiritganini ma’lum qildi.
Eronning sobiq prezidenti bularning mamlakat boshqaruvi ichidagi Isroilning keng qamroqli ta’siri va josuslar tarmogʻining haligacha fosh qilinmagani sababli roʻyobga chiqqanini qayd etib oʻtdi.
Oʻtgan haftaning payshanba kuni Mossadning sobiq direktori Yosi Koxan ham Eronning atom bombasiga oid maxfiy ma’lumotlari ikki yillik sa’y-harakatlar ortidan hech biri isroillik va yahudiy boʻlmagan 20 kishilik eronlik guruh yordamida qoʻlga kiritilganini ma’lum qilgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!