Siyosat

Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona.

Xorijdagi vatandoshlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tadbirlari doirasida Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar vatanga qaytarilishiga erishildi.

Jumladan, turli sabablar tufayli ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qiz, 11 yoshli bir nafar o‘g‘il bola yaqin qarindoshlarining murojaatlari asosida Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2-oktyabr kuni masʼul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborildi.