Kecha, 4-oktabr kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda hududlardan saylangan delegatlar, Federatsiya a’zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, shaxmat ustalari, murabbiylar hamda faxriylar ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibiga binoan O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining yangi tahrirdagi ustavi tasdiqlandi va Federatsiyaning yangi rahbarlari saylandi.
Xususan, shaxmat faxriysi Sindarov Komil Oydinovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining o‘rinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Aripov Abdulla Nigmatovich – O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!