Hodisa, Jamiyat

19 yoshli yigit mashinasida piyodani urib ketdi

19 yoshli yigit mashinasida piyodani urib ketdi

Bugun, 8-oktyabr kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 19 yoshli yigit transport vositasini boshqarib ketayotib, 50 yoshli erkakni urib yuborishi oqibatida piyoda vafot etdi.

Ma’lum bo’lishicha, taxminan soat 00:05 larda A.Temur ko‘chasida haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan O.Sh. Nexia-3 rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 1974-yilda tug‘ilgan U.A.ni urib yuborib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

“Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.