Jahon

Isroil sharqiy Livanga havodan hujum qildi

Isroil sharqiy Livanga havodan hujum qildi

Isroilning Livan sharqidagi Baalbek shahriga uyushtirgan havo hujumida bir kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi, ular orasida ayollar ham bor. Bu haqda Livanning NNA rasmiy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Isroil harbiy-havo kuchlarining Baalbekning g‘arbiy qismidagi Saida qishlog‘iga uyushtirgan hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, ko‘plab livanliklar, jumladan, bir oila a’zosi bo‘lgan uch ayol yaralangan.

Ayni paytda Livan “Hizbulloh” harakati Isroil hujumlariga javoban raketalar va uchuvchisiz uchoqlarni uchirmoqda, shuningdek, Isroil tomonidagi tinch aholi punktlari va harbiy nishonlarni artilleriyadan o‘qqa tutmoqda.

Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va “Hizbulloh” o‘rtasida nazorat ostidagi to‘qnashuvlar 2023-yil 8-oktyabrdan beri davom etmoqda. 2024-yil 23-sentyabrda Isroil havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil 8-oktyabrdan beri jami 2119 kishi, jumladan, 104 nafar bola va 194 nafar ayol vafot etgan.