Jahon

Tayvan oroli atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd etildi

Tayvan oroli atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd etildi

Tayvan Mudofaa vazirligi orol atrofida Xitoyning 153 ta samolyoti va 36 ta kemasi qayd etilgani haqida xabar berdi.

153 ta harbiy samolyot orol atrofida parvoz qildi, ulardan 111 tasi Tayvan boʻgʻozini “oʻrta chiziq”dan va Tayvan havo hujumidan mudofaa identifikatsiya zonasi (ADIZ) deb e’lon qilingan hududni kesib oʻtdi, deya xabar beradi Tayvan Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqdagi bayonotda.

Bundan tashqari, orol perimetri boʻylab Xitoy harbiy-dengiz kuchlariga tegishli 14 ta kema va qirgʻoq qoʻriqlash xizmatiga tegishli 12 ta kema aniqlandi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Tayvan oroli perimetri boʻylab keng qamrovli harbiy mashgʻulotlar boshlanganini e’lon qildi. Tayvan boʻgʻozida oʻtkazilgan “Qoʻshma qilich 2024B” mashgʻulotlariga quruqlikdagi qoʻshinlar, dengiz floti, havo kuchlari, raketa kuchlari va boshqa qoʻshinlar jalb etildi. Mashgʻulotlar bir kun davom etgan.