Jahon

HAMASga yangi yetakchi tayinlandi

HAMASga yangi yetakchi tayinlandi

Xolid Mashal HAMAS yetakchisi sifatida ish olib boradi.

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvar o‘ldirilgandan keyin Xolid Mashal guruh rahbari vazifasini bajaruvchi rolini o‘z zimmasiga olgani tasdiqlandi. U mahbuslar masalalarida ishtirok etayotgan barcha tomonlar bilan muzokara olib boradi.

HAMAS Sinvarning o‘ldirilishi ortidan asirlarni almashish va urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar tobora qiyinlashib borishini ta’kidlagan.

Bundan tashqari, manbalar HAMAS rahbariyati Turkiya, Qatar va Misr rasmiylarini Sinvarning o‘limi haqida xabardor qilganini da’vo qilmoqda.