Jahon

Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,9 milliard dollar kredit beradi

Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,9 milliard dollar kredit beradi

Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,9 milliard dollar kredit beradi. Bu haqda Britaniya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kredit Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlarini qayta investitsiyalashdan olingan daromadlar hisobiga to‘lanadi. Ukraina bu mablag‘larni havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va boshqa turdagi texnika va qurollarni sotib olish va rivojlantirish uchun ishlata oladi.

Shuningdek, AQSH Ukrainaga 400 mln dollarlik harbiy yordam beradi. Pentagon rahbari Kiyevga tashrifi chog‘ida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi ajratilishini maʼlum qildi. U o‘q-dorilar, zirhli mashinalar va boshqa qurollarni o‘z ichiga oladi.