Jamiyat

Asila Mirzayorova yangi lavozimga tayinlandi

Asila Mirzayorova yangi lavozimga tayinlandi

Parij-2024 Paralimpiada o‘yinlari chempioni Asila Mirzayorova Ijtimoiy himoya agentligida ish boshlaydi. 

Tez orada Mirzayorovaning agentlikda qanday lavozimda faoliyat yuritishi ham ma’lum bo‘ladi.

Qayd etish joiz, mazkur tashkilotda Parij-2024 Olimpiadasi chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova ham Gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova 1999-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. U para yengil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiada o‘yinlari kumush medali sohibi va ikki karra Jahon chempionati g‘olibi hisoblanadi.